Blog

Scoring tizimi nasiya savdoda qanchalik foydali?

“Kimga nasiya berish mumkin, kimga esa yo‘q?” Nasiya savdo faqat mahsulot sotish bilan cheklanib qolmaydi. Endi biznes uchun eng muhim savol boshqacha: Chunki har bir mijoz bir xil emas. Kimdir oyma-oy to‘lovni vaqtida amalga oshiradi. Yana kimdir esa bir necha oydan keyin qarzdorga aylanishi mumkin. Aynan shu sababli AVTOMATO nasiya savdo tizimida scoring texnologiyasi juda muhim o‘ringa chiqmoqda. Scoring tizimi o‘zi nima? Scoring tizimi — bu mijozning moliyaviy holatini tahlil qilib, uning to‘lov qobiliyatini baholab beruvchi texnologiya hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, scoring: - mijozning kredit tarixi, - mavjud qarzlari, - karta aylanmasi, - moliyaviy faolligi, - xarajatlari kabi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Natijada biznes egasi mijoz haqida ancha aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi. Nega oddiy ishonch yetarli emas? Oldin nasiya savdoda ko‘proq “insoniy ishonch” ishlagan. Ammo bugungi bozorda: - savdo hajmi kattalashdi, - mijozlar soni ortdi, - oyma-oy to‘lash tizimi kengaydi, - qarzdorlik xavfi kuchaydi. Shu sababli faqat tashqi ko‘rinish yoki oddiy suhbat asosida qaror qilish xavfli bo‘lib qoldi. Ba’zi hollarda juda ishonchli ko‘ringan mijoz ham to‘lovni kechiktirishi mumkin. Scoring tizimi esa taxmin emas, ma’lumot asosida ishlaydi. Scoring tizimi qanday ma’lumotlarni tahlil qiladi? Ko‘plab biznes egalari scoring tizimi faqat kredit tarixini tekshiradi deb o‘ylaydi. Lekin bizning AVTOMATO zamonaviy scoring platformasi bundan ancha kengroq ishlaydi. Masalan, tizim: - mijozning mavjud kreditlari, - qarzlari, - plastik kartasidagi aylanma mablag‘, - xarajatlar faolligi, - moliyaviy barqarorligi, - to‘lov intizomi kabi omillarni tahlil qiladi. Bu esa biznesga mijozni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Scoring tizimi nasiya savdoda qanday yordam beradi? 1. Riskni oldindan baholaydi Nasiya savdodagi eng katta muammo — qarzdorlik. Scoring tizimi esa risk darajasi yuqori bo‘lgan mijozlarni oldindan aniqlashga yordam beradi. Bu esa: - xavfli mijozlarni kamaytiradi, - qarzdorlik ehtimolini pasaytiradi, - biznesni moliyaviy yo‘qotishlardan himoya qiladi. 2. Qaror qabul qilishni tezlashtiradi Ko‘plab bizneslarda mijozni tekshirish uzoq vaqt oladi. Scoring tizimi esa kerakli ma’lumotlarni tezkor tahlil qilib beradi. Natijada: - mijoz uzoq kutmaydi, - xodimlar ortiqcha vaqt sarflamaydi, - nasiya rasmiylashtirish tezlashadi. Bu esa savdo jarayonini ancha qulaylashtiradi. 3. Qarzdorlikni nazorat qilishni osonlashtiradi Bo‘lib-bo‘lib to‘lash va oyma-oy to‘lash tizimida nazorat juda muhim. Agar nazorat bo‘lmasa: - kechikkan to‘lovlar ko‘payadi, - pul aylanishi sekinlashadi, - biznesda moliyaviy bosim ortadi. Scoring tizimi esa xavfni kamaytirib, barqarorroq mijozlar bilan ishlashga yordam beradi. 4. Inson omilini kamaytiradi Ba’zi hollarda xodimlar mijozni noto‘g‘ri baholashi mumkin. Bu esa keyinchalik muammoli qarzdorliklarga olib keladi. Kimdir “ishonchli ko‘rinadi” degan fikr bilan qaror qiladi, yana kimdir shoshilish sabab yetarlicha tekshiruv o‘tkazmaydi. Scoring esa qarorlarni ma’lumot asosida qabul qilishga yordam beradi. Natijada: - subyektiv qarorlar kamayadi, - xatolar qisqaradi, - nazorat kuchayadi. 5. Pul aylanishini yaxshilaydi Nasiya savdoda eng muhim omillardan biri — pul aylanishi. Agar mijozlar oyma-oy to‘lovlarni vaqtida amalga oshirsa: biznesning aylanma mablag‘i barqaror bo‘ladi, yangi mahsulot olib kelish osonlashadi, moliyaviy bosim kamayadi. Endi siz AVTOMATO bilan aynan barqaror mijozlar bilan ishlash imkoniyatini oshirasiz. 6. Nasiya savdoni professional bosqichga olib chiqadi Bugungi kunda katta bizneslar oddiy daftar yoki Excel dasturi orqali ishlamayapti. Chunki zamonaviy nasiya savdo: - monitoring, - analitika, - avtomatlashtirish, - risk nazorati talab qiladi. Scoring shu tizimning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Endi siz nega AVTOMATO ni tanlashingiz kerak ekanligining sabablari ma’lum bo‘ldi. Bizneslar scoring tizimiga o‘tadi. Sababi oddiy. Bugungi bozorda: - tezlik, - nazorat, - xavfsizlik, - aniq tahlil juda muhim bo‘lib qoldi. AVTOMATO siz uchun: mijozlarni yaxshiroq tushunish, xavfni kamaytirish, qarzdorlikni nazorat qilish imkonini beradi. Nasiya savdo orqali to‘lash tizimi biznes uchun katta imkoniyat yaratadi. Ammo mijozlarni tahlilsiz baholash keyinchalik jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shu sababli bugungi zamonaviy bizneslar AVTOMATOdan tobora ko‘proq foydalanmoqda.

Blog

Mijozni tekshirmasdan nasiya berish nimaga olib keladi?

Bugungi kunda nasiya savdo ya’ni oyma-oy bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimi ko‘plab bizneslar uchun asosiy “tovar sotish” usullaridan biriga aylandi. Ayniqsa maishiy texnika, mebel va boshqa nisbatan qimmat mahsulotlarni sotishda mijozlar ko‘pincha aynan nasiya orqali to‘lash imkoniyatini tanlaydi. Bu esa biznes uchun savdo hajmini oshirishga yordam beradi. Ammo nazorat bo‘lmasa, nasiya savdo biznes uchun katta muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Eng katta muammo esa bitta — qarzdorlik. Ko‘plab biznes egalari mijozni yetarlicha tekshirmasdan mahsulotni nasiya yoki oyma-oy to‘lash asosida berib yuboradi. Natijada esa: - kechikkan to‘lovlar, - to‘lanmay qolgan qarzlar, - chalkash hisob-kitob, - pul aylanishining sekinlashishi, - doimiy nazorat muammolari paydo bo‘ladi. Keling, mijozni tekshirmasdan nasiya berish qanday oqibatlarga olib kelishini ko‘rib chiqamiz. 1. Har bir mijozning moliyaviy holati har xil bo‘ladi. Nasiya savdodagi eng katta xatolardan biri — barcha mijozlarga bir xil ishonch bilan qarash. Aslida esa har bir insonning: - moliyaviy imkoniyati, - kredit tarixi, - oylik daromadi, - karta aylanmasi, - mavjud qarzlari, - xarajatlari bir-biridan farq qiladi. Tashqi ko‘rinish yoki oddiy suhbat orqali mijozning to‘lov qobiliyatini aniqlab bo‘lmaydi. Aynan shu sababli Avtomato nasiya tizimlari scoring texnologiyasidan foydalanadi. Scoring tizimi mijozning moliyaviy holatini tahlil qilib, biznes egasiga: “Bu mijozga nasiya berish xavfsizmi yoki yo‘qmi?” degan savolga tezkor javob olish imkonini beradi. 2. Qarzdor mijozlar savdoda pul aylanishini sekinlashtiradi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki oyma-oy to‘lash tizimida eng muhim narsa — doimiy aylanma mablag‘ning bo‘lishi. Agar mijozlar vaqtida to‘lamasa: - yangi mahsulot olib kelish qiyinlashadi, - biznesning aylanma mablag‘i kamayadi, - qarzlar yig‘ilib boradi, - moliyaviy bosim kuchayadi. Ko‘plab bizneslar aynan nazoratsiz nasiya savdo sabab zarar ko‘radi. Ayrim hollarda esa qarzdorlik butun biznes faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 3. Qo‘lda yuritiladigan nazorat xatolarni ko‘paytiradi. Hali ham ko‘plab joylarda:daftar, Excel orqali, oddiy yozuvlar, qo‘lda to‘ldiriladigan shartnomalar bilan nasiya savdo yuritiladi. Bu esa: - ma’lumot yo‘qolishiga, - noto‘g‘ri hisob-kitoblarga, - kechikkan to‘lovlarni unutilishiga, - mijozlar bilan tushunmovchiliklarga olib keladi. Savdo hajmi kattalashgani sari bunday usul bilan ishlash yanada qiyinlashadi. 4. Avtomatik monitoring tizimi juda muhim. Bugungi zamonaviy bizneslarda nasiya va oyma-oy to‘lash jarayonlari avtomatlashtirilmoqda. Endi AVTOMATO yordamida: - mijozlarni oldindan tekshirish, - avtomatik shartnoma yaratish, - to‘lov muddatlarini nazorat qilish, - SMS eslatmalar yuborish, - qarzdor mijozlarni monitoring qilishingiz mumkin. Bu esa biznes egasiga vaqtni tejash va xavfni kamaytirishga yordam beradi. 5. To‘lov intizomini nazorat qilish kerak. Nasiya savdoda faqat mahsulot sotish yetarli emas. To‘lov intizomini ham nazorat qilish muhim hisoblanadi. Ba’zi zamonaviy platformalarda mijoz roziligi asosida qo‘shimcha nazorat texnologiyalaridan ham foydalaniladi. Bu esa: - kechikkan to‘lovlarni kamaytiradi, - oyma-oy to‘lash jarayonini tartibga soladi, - biznes xavfsizligini oshiradi. Xulosa Bugungi bozorda nasiya savdo, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, oyma-oy to‘lash tizimi biznesni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Ammo mijozni tekshirmasdan nasiya berish: - qarzdorlik, - moliyaviy yo‘qotish, - nazorat muammolari, - pul aylanishining sekinlashishi kabi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun AVTOMATO bilan nasiya savdoni avtomatlashtirishga o‘ting. Bizdagi scoring, monitoring, avtomatik nazorat va analitika tizimlari bu jarayonni ancha xavfsiz va samarali qiladi.

Blog

Nasiya savdoda eng katta muammo — qarzdorlik. Uni qanday nazorat qilish mumkin?

Hammaga ma’lumki, bugun nasiya savdo ko‘plab bizneslar uchun sotuv hajmini oshiradigan eng kuchli vositalardan biriga aylandi. Ayniqsa mebel, telefon, maishiy texnika va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda xaridorlar uchun eng yaxshi variant — bu bo‘lib-bo‘lib to‘lash. Ammo nasiya savdoning eng katta muammosi bor — qarzdorlik. Ko‘plab biznes egalari aynan to‘lovlarning kechikishi, mijozni nazorat qila olmaslik va qarzlarning yig‘ilib ketishi sabab katta zarar ko‘radi. Biroq tan olish kerak, bugungi texnologiyalar yordamida bu muammoni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Keling, nasiya savdoda qarzdorlikni kamaytirishning eng samarali usullari haqida gaplashamiz. 1.Har bir mijozni oldindan tekshirish kerak. Ha, nasiya savdodagi eng katta xato — har bir mijozga bir xil ishonch bilan qarash. Aslida esa mijozlarning: - moliyaviy holati, - kredit tarixi, - oylik pul aylanishi, - mavjud qarzlari, - xarajatlari bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun professional nasiya tizimlari bugungi kunda scoring texnologiyasidan foydalanmoqda. Scoring tizimi mijozning: - qarzlari bor-yo‘qligi, - kreditlari, - plastik kartasidagi aylanma mablag‘i, - moliyaviy barqarorligini tahlil qilib beradi. Natijada biznes egasi: “Bu mijozga nasiya bersa bo‘ladimi yoki yo‘qmi?” degan savolga tez va aniq javob oladi. Bu esa keyinchalik yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. 2.Inson omilini kamaytirish muhim. Ko‘plab biznes egalarida shartnomalar va boshqa hujjatlar qo‘lda to‘ldiriladi va yuritiladi. Bu esa ancha vaqt oladi va xatolarni ko‘paytiradi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarda esa mijozning birgina shaxsiy ma’lumoti orqali barcha kerakli axborotlarga ega bo‘lish va zarur hujjatlarni tez fursatda avtomatik to‘ldirish mumkin. Natijada: - xodimlar kamroq vaqt sarflaydi, - hujjatlar tez tayyorlanadi, - xizmat ko‘rsatish tezlashadi, - mijoz kutib qolmaydi, - bu biznes uchun ham, xaridor uchun ham katta qulaylik yaratadi. 3.Qarzdorlikni nazorat qiladigan tizim zarur. Nasiya savdoda eng katta muammolardan biri — mijoz to‘lov muddatini unutishi yoki e’tiborsiz qoldirishi. Shuning uchun avtomatik eslatma tizimi juda muhim hisoblanadi. Bugungi avtomatlashtirilgan platformalarda: - SMS xabarnomalar, - call-markaz eslatmalari, - avtomatik ogohlantirishlar, - pochta orqali bildirishnomalar orqali mijozlarga doimiy eslatmalar yuboriladi. Bu esa kechikkan to‘lovlar sonini kamaytiradi. 4.Nasiya savdoda nazoratni kuchaytirishning yangi usullaridan foydalangan ma’qul. Ba’zi zamonaviy tizimlarda mijozning roziligi asosida maxsus texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, AVTOMATO to‘lov uzoq muddat kechikkan holatda telefon funksiyalarini vaqtincha cheklash imkoniyatini yo‘lga qo‘ygan. To‘lov amalga oshirilgach esa qurilma yana normal ishlash holatiga qaytadi. Bu usul: - to‘lov intizomini oshiradi, - qarzdorlikni kamaytiradi, - biznes xavfsizligini kuchaytiradi. 5.Qarzdor mijozlar bilan alohida ishlash lozim. Ko‘plab bizneslarda qarzdor mijozlar bilan ishlash operator, menejer, ba’zi holatlarda yuristlar zimmasiga tushadi. Bu esa katta vaqt va xarajat talab qiladi. Zamonaviy platformalarda esa: - qarzdorlik monitoringi, - avtomatik ogohlantirish, - kerakli hujjatlar tayyorlash bir tizim ichida amalga oshiriladi. Bu biznesning operatsion yukini sezilarli kamaytiradi. Nasiya savdo biznes uchun katta imkoniyat yaratadi. Ammo u nazoratsiz qolsa, jiddiy moliyaviy muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda qarzdorlikni kamaytirishning eng samarali yo‘li — nasiya jarayonlarini avtomatlashtirishdir.

So'rov qoldiring, menejerlarimiz bog'lanadi!

Flag Uzbeksitan

+998

So'rovingiz yuborildi!

Rahmat! Menejerlarimiz siz bilan tez orada bog'lanib, barcha savollaringizga javob berishadi.